Меню
Разработки
Разработки  /  Начальные классы  /  Уроки  /  3 класс  /  Ўқувчиларни нутуқ маданиятини ошириш услуби

Ўқувчиларни нутуқ маданиятини ошириш услуби

Зубайдуллаева замира махмудовна клас проста
04.04.2020

Содержимое разработки

Sana ____________________


Yosh dasturchi to’garagi mashg’uloti. 31-dars.

Mavzu: Axborot texnologiyalari

Maqsad:

1. Talimiy: O`quvchilarning axborot texnologiyalari haqida ma’lumot berish;

2. Tarbiyaviy: O`quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning axborot texnologiyalari va uning axamiyati haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish.

DTS: Axborot texnologiyalari haqida tasavvurga ega bo`lish.bilish.

Darsning borishi

I. Tashkiliy davr

    1. salomlashish;

    2. savomatni aniqlash.

II. Takrorlash

  1. Ikkilikda kodlash nima uchun kerak?

  2. Sakkiz bit orqali qancha belgi va harfni kodlash mumkin?

  3. ASCII jadvali haqida gapirib bering.

  4. Grafik axborotlarni kodlash mumkinmi?

  5. Ikki, uch va to'rt bit bilan necha xil rangni kodlash mumkin va bu qanday amalga oshiriladi?

  6. Tovushni kodlash mumkinmi? Mumkin bo'lsa, tovushni qanday qilib raqamlarga o'tkazish mumkin?

  7. Axborot miqdorining qanday o'lchov birliklari bor?

  8. Eng kichik axborot miqdorining o'lchov birligi qanday?

  9. Axborot uzatish tezligi deganda nimani tushunasiz?

  10. Axborot uzatish tezligining qanday o'lchov birliklari bor?

III. Yangi mavzuni o`rganish.

"Texnologiya" so'zi yunoncha (grekcha) "techne" — san'at, mohirlik, hunar va "logos" — fan so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, u aniq maqsadga erishish uchun zaruriy vositalar, usul va sharoitlardan foydalangan holda muayyan amallarni ketma-ket bajarilishini ko'zda tutadi.

Axborot texnologiyalari haqida

Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror vosita yordamisiz toliq qayta islilash amalda mumkin emas.

Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik vositalar - kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.

Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar almashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.

Insoniyat tomonidan axborotlarni izlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.

Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usullar, tashqi omillarga vositalar kiradi.

Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o`z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, ruchka, daftar, qog'oz, bo`r, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usuli va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqda, boshqaruvda, bank, ta'lim va sog'liq sistemasida, tibbiyot va fanda, transport va aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo`llanilar ekan.

Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari - telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.

Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.

Kompyuter tarmoqlari

Kompyuterlarning inson hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish
faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo`lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan ko'chirib olish uchun tashqi axborot tashuvchi vositalardan (disketalar, CD - disklar va boshqalar) foydalanish kerak bo'ladi. Ammo
bu ko'p vaqt va qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o'zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avval maxsus kabel yordamida ikkita kompyuterni o'zaro birlashtirishga muvaffaq bo'lindi. Oradan ko'p vaqt
o'tmasdan bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.

Bunday tarmoqlar qo'shimcha qurilmalar talab qilsa-da (tarmoq platasi, maxsus kabel), kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin bo'ladi. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, lokal (mahalliy)
tarmoqlar deb nomlanadi.

Lokal tarmoqda kompyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlanadi. U fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan, hamda o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.

Kompyuterlararo axborot almashinuvini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlar shu bilan to'xtab qolmadi. Axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, endi bitta xonada yoki bir binoda joylashgan kompyuterlarni emas, balki uzoq masofada, hatto boshqa-boshqa
mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro bog'lash imkoniyatini beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarni vujudga keltirdi.

M intaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi barcha foydalanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin. Global tar-moqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o'zaro axborot almashishini ta'minlaydi.

Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo'lga qo'yildi. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni raqamli signalga o'tkazadi va kompyuterga uzatadi.

Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga o`tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.

Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi. Uning nomi quyidagicha hosil qilingan: Modulyator+DEModulyator=MODEM

Tuzilish jihatidan modemlar ichki va tashqi ko'rinishda bo'ladi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadigan bo'lib, o'zining qobig'iga ega alohida qurilmadir.

Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun ham xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul
qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin.

Hozirgi kunda mintaqaviy va xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar nafaqat telefon tarmoqlari, balki radio va sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar.

Informatsion sistemalar

Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tashqari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma-xil axborotlarni tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni-
talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kompyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish qiyin. Oddiy aviachiptalarni sotishdan tortib kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion sistemalar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda.

Informatsion sistemalar - bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan sistemalardir.

Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar quyiclagilar: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanish darajasini oshirish, atama va tushunchalarni standartlashtirish, informatsion jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.

Aloqa vositalari, dasturli ta'minot, hamda kompyuter texnikasining yangi pog'onalarga ko'tarilisi informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakllarini yaratilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan informatsion sistemalar avvalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.

IV. Mustahkamlash uchun savollar

  1. Axborot texnologiyasi dcganda nimani tushunasiz?

  2. Axborot texnologiyasining tashqi omillariga misol keltiring.

  3. Agar kompyuterlar tarmoqqa birlashtirilmasa, ular qandayusulda axborot almashinadi?

  4. Lokal tarmoqlar nima sababdan shunday ataladi?

  5. Lokal tarmoqlar qanday vazifalarni bajarishga xizmat qiladi?

  6. Global tarmoqlar lokal tarmoqlardan nimasi bilan farq qiladi?

  7. Modem nima va u nima uchun xizmat qiladi?

  8. Tarmoqda server nima uchun kerak?

  9. Server bilan ishchi stansiyaning farqini tushuntiring.

V. Uyga vazifa. Mavzuni o`rganish. 1-9-savollar.


Ko’rildi:

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha

direktor o’rinbosari: __________________


-75%
Курсы повышения квалификации

Продуктивность учебной деятельности младших школьников общеобразовательного учреждения в рамках реализации ФГОС НОО

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Ўқувчиларни нутуқ маданиятини ошириш услуби (118 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт