Меню
Разработки
Разработки  /  Внеурочка  /  Уроки  /  3 класс  /  Mulkni saqlagan xor bi'lmas

Mulkni saqlagan xor bi'lmas

Razrabotka po etiki.
29.06.2020

Содержимое разработки


Fan: Odobnoma

Mavzu: Mulkni saqlagan xor bo’lmas

Darsning maqsadi:

A) ta'limiy: o'quvchilarga har bir mulkni yaxshi saqlash, qilingan mehnatni qadriga yetishni kengroq tarzda yoritib berish, odoblilik ko’rk hisoblanishi haqida bilim berish, mulkni saqlash kerakligi haqida tushuncha berish;

T.k.3. ta`lim jarayonida faol ishtirok etish, tejamkorlik kabi sifatlarga ega bo`lish;

B) tarbiyaviy: O`rta Osiyo mutafakkir va ma`rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o`git va nasihatlarini o`rgatib, ularga amal qilishni o`rgatish, maktab mulkini ehtiyot qilish, o`z buyumlaridan ham oqilona foydalanish, kattalarni mehnatini qadriga yetish kerakligini ahglatish;

F.k.1. nutq va muomala madaniyati, telefonda so`zlashish odobiga amal qiladi;

D) rivojlantiruvchi: o'quvchilarni ijodiy flkrlashga, o'rganganlaridan xulosa chiqara olishga o'rgatish.

T.k.3 ta`lim muassasasi jihozlariga, moddiy va ma`naviy, tabiiy resurslarga oqilona munosabatda bo`lish;

Dars uslubi: suhbat, tushuntirish, innovatsion texnologiyadan foydalanish.

Dars jihozi: mavzuga mos slaydlar, turli ko`rgazmalar, tarqatmalar

Dars turi: aralash

Darsning borishi:


I.Tashkiliy qism

Salomlashish Davomatni aniqlash. Navbatchi axboroti. Ob-havo haqida suhbat. O`quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish

  • Fevral oyida nishonlangan muhim sanalar haqida suhbat o`tkazish.

  • Men kimman” didaktik o`yinini o`tkazish. Bunda 1 o`quvchi buyuk siymomiz masalan A. Navoiy haqida ma`lumotni qisman aytadi. O`quvchilar gap kim haqida gap borayotganligini topadilar. O`yin shu tariqa davom etadi. Buyuk siymolarimiz haqida suhbat o`tkazish



  • Alisher Navoiy va Mirzo Bobur bobolarimiz haqida suhbat o`tkazish. O`quvchilar Alisher Navoiy va Mirzo Bobur ruboiylaridan o`qib beradilar va ular haqida o`zlari bilgan ma`lumotlarni aytadilar.

II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

Uyga vazifani so`rash.

Tartibli bo`lish deganda nimani tushunasiz?

Tadbirli bo`lish deganda-chi?

“ Odobing – ko`rking” she`rini yoddan so`rash.

O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarga og’zaki savollar beriladi.

- Jamoat joylarida o`zingizni qanday tutishni bilasizmi?


-Rasmdagi holatlar yuzasidan o`z fikr va mulohazalaringizni bildiring.


Davom ettir” didaktik o`yini. ( O`quvchilarga odob haqida maqollar beriladi, o`quvchilar maqollarni davomini topadilar.) o`quvchilar 3 guruhga bo`linadilar. Har bir guruhga 4 tadan maqol beriladi.

  1. guruh 2-guruh

Odobli bola-… Rejali ish-…

Yaxshi xislat-… Mehnatdan kelsa boylik-…

Bo`ladigan bola -… Yetti o`lchab -…

Yaxshi bo`lsang o`zarsan-… Do`stsiz boshing-…

2-guruh

Ona yerning tuprog`i-…

Elda bori-…

Yomon gap – bosh qozig`i-….

Suydirgan ham til-…


Sinf o`quvchilari ishtirokida “ Adib-betartib” ertagi asosida sahna ko`rinishi namoyish etiladi.


III.Yangi mavzu ustida ishlash.

“ Adashgan raqamlar” boshqotirmasi bajariladi. Raqamlar o`z joyiga qo`yilsa, yangi mavzu nomi kelib chiqadi va yangi mavzu e`lon qilinadi.



M A A L S L I K A G B

21 8 22 3 23 20 6 4 11 12 18



N X O` L O S R M A U Q

5 15 19 10 16 7 17 1 13 2 9



M U L K N I S A Q L A G A N

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14



X O R B O` L M A S

15 16 17 18 19 20 21 22 23



Yangi mavzu slayd orqali tushuntiriladi.

Mol-dunyo, narsa-buyum mulk deyiladi. Uy-joy, avtomobil, ro‘zg‘or buyumlari, umuman, pulga sotib olinadigan barcha narsalar mulk hisoblanadi. Mulk nima uchun kerak? — Kishilarga yaxshilik qilish, ota-onani boqish, farzandlarni sog‘lom katta qilish, ilm-hunar o'rgatish, savob ishlar qilish uchun kerak.

Mol-mulkka mehnat bilan erishiladi. Sizning narsalaringiz ham ota-onangiz mehnatining natijasi. Shunday ekan, ularni avaylab, ehtiyotlab saqlang.

Nafaqat uy jihozlarini, balki davlat mulkini ham asrash ham bizning burchimizdir. Bu haqida Konstitutsiyamizda ham belgilab qo`yilgan.

Konstitutsiyamizning 49 moddasida :

Fuqarolar O`zbekistion xalqining tarixiy, ma`naviyva madaniy merosini avaylab –asrashga majburdirlar.

Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.

50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar.

55 modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Darslik bilan ishlash. Darslikdagi mavzu o`qib eshittiriladi.

Molning qadrini saxiy bilur

(hikoya)

Bir vaqt Andijon shahrida qattiq zilzila bo'lib, ko‘p kishilar tom va devorlarning ostida qolib, halok va mayib bo'ldilar. Ko'plar uy-joysiz, och qoldilar. Ular uchun har kimdan non, kiyim va pul yig'ildi. Mehr-shafqat jamiyati tuzilib, boylardan mablag1 yig'ildi. Jamiyat xodimlari yordam so'rab toshkentlik bir boyning uyiga borishdi. Boyning nimadandir qattiq jahli chiqib turgan ekan. Xodimlar undan jahlining sababini so'rashdi. Bildilarki, boyning xizmatkori uchi yoqilmagan bir dona gugurt cho'pini yerga tashlagan, boy shundan darg‘azab bo ‘lib, xizmatkorini qattiq urishgan ekan. Xodimlar ”Bir dona gugurt cho'pi uchun xizmatkorni shuncha urishgan odamdan pul so‘rash qanday bo‘lar ekan“, deb ikkilanib qolishdi. Lekin indamay qaytib keta olmay, maqsadlarini aytishga majbur bo'lishdi. Boy ularning gaplarini eshitgach, darhol kissasidan bechora jabrdiydalar uchun besh yuz so‘m chiqarib berdi. Bu juda katta mablag1 hisoblanar edi. Xodimlar hayron qolishdi. Boy ularga qarab: ’’Nimaga hayron bo'lasiz? Agar men gugurt cho'pini isrof qilaversam, bunday savob ishlarga qanday qilib pul yig'ar edim?“ - dedi.

Munavvarqori Abdurashidxonov


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.

Matn o`quvchilarga o`qitiladi va matn yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.

Boy pullarini qanday yig’ar ekan?

Mavzu yuzasidan o`quvchilar fikri so`raladi. Ularning fikri umumlashtirilib, xulosa qilinadi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

Darslikda berilgan maqolni o`qish va ma`nosini tushuntirib berish

Mehnatdan kelsa boylik,

Turmush bo‘lar chiroylik

O`z joyini top” didaktik o`yini.

Maktab va uy jihozlariga oid rasmlar aralashtirib beriladi. O`quvchilar maktab jihozlarini o`quvchilar sumkasiga, uy jihozlarini esa, qutiga soladilar.

Darslikdagi rebusni bajarish.

Yetti o`lchab bir ...

V.Darsni yakunlash: Darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilar rag'batlantiriladi, baholanadi.







VI.Uyga vazifa. Mavzuni mukammal o'rganish, matn mazmuni ustida ishlash. Tejamkorlik haqida maqollar yozib kelish.






































Chirchiq shahar

18-umumiy o`rta ta`lim maktabi

bosnlang`ich sinf o`qituvchisi

Djurayeva Movjudaning

odobnoma fanidan

tayyorlagan1 soatlik

ochiq dars ishlanmasi







































































-75%
Курсы повышения квалификации

Потребление и потребительское поведение в 21 веке. Формирование грамотного отношения к потреблению посредством школьного образования

Продолжительность 72 часа
Документ: Удостоверение о повышении квалификации
4000 руб.
1000 руб.
Подробнее
Скачать разработку
Сохранить у себя:
Mulkni saqlagan xor bi'lmas (812.69 KB)

Комментарии 0

Чтобы добавить комментарий зарегистрируйтесь или на сайт

Вы смотрели